Choy marosimi — asrlar tarixiga ega san'at. Buddist rohiblar tomonidan yaratilgan bu san'at Yaponiya o'rta asr madaniyatining muhim qismini bizgacha yetkazib berdi. Master-klass davomida choy ustasi sizga Yaponiyada choy madaniyati, marosimning zamonaviy jamiyatdagi o'rni haqida so'zlab beradi, choy damlaash va tortiq qilish jarayonini ko'rsatadi. Siz o'rta asr Yaponiyasi muhitiga cho'mib, choyni o'zingiz damlab, an'anaviy «vagasi» shirinliklari bilan tatib ko'rasiz.