Yapon kalligrafiyasi — Yaponiyadagi eng mashhur tasviriy san'at turlaridan biri. Qadimgi Xitoyda paydo bo'lib, u Yaponiyaga kirib keldi va yapon madaniyatida mustahkam o'rin egalladi. Master-klass davomida sizga Yaponiyada kalligrafiya tarixi haqida so'zlab beriladi, turli texnikalar namoyish etiladi, cho'tkani to'g'ri ushlab turish ko'rsatiladi. Keyin siz haqiqiy guruch qog'oziga omad, baxt yoki sog'liq keltiradigan iyeroglifni o'z qo'lingiz bilan yozishingiz mumkin.