Manga janrining asoschisi 18-19-asrlarda yashagan buyuk yapon rassomi Katsusika Xokusay hisoblanadi. Master-klassda sizga yapon «manga» komikslarining personajlarini chizishni o'rgatadilar, tana proportsiyalari, bosh proportsiyalari, manga stilizatsiyasi va manga personajlarining ko'z va soch turmagi haqida gapirib beradilar. Darsda siz sevimli komiks qahramoningizni chizishingiz va rassomdan tavsiyalar olishingiz mumkin.